Каталог препаратов / товаров

Антисклер

Антисклер

MANBA

Qovoq (lat. Cucurbita).

TARKIBI

Qovoq quruq konsentrati.
Qo‘shimcha moddalar – shakar kukuni, laktoza, mikrokristallik sellyuloza, kraxmal, kalsiy yoki magniy stearati.

ISHLAB CHIQARISH SHAKLI

60 dona 0.5g tabletkalar

FOYDALI XUSUSIYATLARI 

YURAK VA QON-TOMIR TIZIMIGA TA’SIRI
Antiskler kuchli antiaterosklerotik ta’sirga ega. Konsentrat tarkibidagi faol komponentlar ta’siri ostida qonda zararli xolesterin xosilalari miqdori kamayadi va yuqori zichlikka ega lipoproteinlar miqdori ortadi. Konsentratning ta’siri tufayli qon-tomir devorlarida xolesterin qatlamlari to‘planishi kamayib, bu ularning devorlari siqilishiga yo`l qo`ymay, tromblar hosil bo‘lishining oldini oladi.

ASAB TIZIMIGA TA’SIRI
Qovoq konsentratining faol moddalari asab to‘qimalari membranalariga mo‘’tadillashtiruvchi ta’sir o‘tkazadi, bu esa ularni stress, toksin, elektromagnit maydonlari ta’siri natijasida bo‘sh radikallardan zararlanishidan himoya qiladi. Bularning barchasi aqliy faoliyatni yaxshilaydi va keng tarqalgan neyrodegenerativ kasalliklarni – Parkinson va Alsgeymer kasalliklari profilaktikasida foydali ta’sir ko‘rsatadi.

ANTIOKSIDANT TA’SIRI VA SHISHLARGA TA’SIRI
Qovoq quruq konsentrati, o‘zining tarkibi tufayli, ichki a’zolar to‘qimalarini toksinlar va bo‘sh radikallar zararidan himoya qila oladi, bu esa ularning xavfli shishlarga aylanishidan saqlaydi. Bundan tashqari, fitosterollar va fitoestrogenlar va konsentratning boshqa komponentlari shishlarni ozuqalanishini qiyinlashtiradi, ya’ni uning tomirlariga, shuningdek shishlarni to‘qimalarining bo‘linishiga ta’sir o‘tkazadi. Buning barchasi paydo bo‘lgan shishlarning hajmini oshishini sekinlashtiradi.

TANOSIL A’ZOLARIGA TA’SIRI
Qovoqning quruq konsentrati prostata bezining holatini yaxshilashga yordam beradi, xususan prostata adenomasida va uning yallig‘lanishida, siydik qopi va buyrakda toshlarning yig‘ilishiga qarshilik ko‘rsatadi. Siydik yo‘llari surunkali kasalliklarida zo‘riqishlar sonini, prostata va siydik yo‘li saratoni (raki) xavfini kamaytiradi.

HAZM QILISH TIZIMI, JIGAR VA DETOKSIKATSIYAGA TA’SIRI
Qovoqning quruq konsentrati tarkibidagi moddalar jigar to‘qimalarini toksik moddalarning, bo‘sh radikallarning va boshqalarning zararidan himoya qiladi. Bundan tashqari, konsentrat hazm qilish jarayonini va ichak motorikasini yaxshilaydi, yog‘ balansini mo‘tadillashtiradi va jigar to‘qimalarining yangidan hosil bo‘lishiga yordam beradi.

TERI VA SOCH SALOMATLIGIGA TA’SIRI
Qovoqning quruq konsentrati terini regeneratsiyasiga, yaralarning tez bitishiga, yoriqlar va teri tushishida yordam beradi. Qovoq quruq konsentrati tarkibidagi to‘yinmagan yog‘li kislotalar terining normal lipid almashinuviga yordam beradi va qayta tiklaydi, terining tarangligi, tonusini va rangini yaxshilaydi va qarish jarayonini sekinlashtiradi. Bundan tashqari, qovoqning quruq konsentratini doimiy qabul qilinishi bosh terisining yog‘ balansini mo‘tadillashtirishga yordam beradi, soch strukturasini mustahkamlaydi va soch sinishini kamaytiradi, shuningidek soch o‘zagini qurishdan saqlaydi.

KO‘Z HOLATIGA TA’SIRI
Qovoqning quruq konsentrati ko‘z shilliq pardasini yaxshilashga yoodam beradi, bu esa ko‘zning optimal namlanishiga ta’sir qilib, quruq ko‘zlar sindromini susaytiradi. Bundan tashqari, konsentratning faol moddalari ko‘z pardasini antioksidant himoya bilan ta’minlab, bu yosh kattalashishi bilan kuzatiladigan ko‘z pardasi makulasining degeneratsiyasi profilaktika qilishda yordam beradi.

YALLIG‘LANISH VA IMMUNITETGA TA’SIRI
To‘yinmagan yog‘lar va boshqa moddalar sezilarli daraja yallig‘lanishga qarshi ta’sirga ega bo‘lib, immun tizimining faoliyatini sozlaydi. Immun membranalari to‘qimalarining mo‘tadillashtirish bo‘yicha ta’siri allergiya jarayonini, autoimmun kasalliklar (masalan, revmatoid artrit, psoriaz va boshqalar) va ularning zo‘rayishini kamaytirishda yordam beradi.

QO‘LLASH BO‘YICHA TAKLIFLAR

Qovoq quruq konsentrati to‘yinmagan yog‘larning va mikroelementlarning boy manbai hisoblanadi, shuningdek quyidagi holatlarda ozuqaga qo‘shimcha komponent sifatida taklif etiladi:

  • yurak va qon-tomir kasalliklari (YUIK, arterial gipertenziya, kardioskleroz, ateroskleroz) va ularning profilaktikasi;
  • gepatotsitda yog‘ning haddan tashqari ko‘p to‘planishi profilaktikasi;
  • onkologik kasalliklar profilaktikasi (jigar, ichak, sut bezi, bachadon va boshqalar);
  • teri kasalliklari, husnbuzar, soch to‘kilishi, teri qurishi;
  • quruq ko‘z sindromi, kompyuterda uzoq ishlash, kontakt linzalaridan foydalanish, qarish sababli ko‘z makulasi degeneratsiyasi;
  • hazm qilish trakti faoliyatini yaxshilash va disbakterioz profilaktikasi;
  • jigar to‘qimalarini dori va alkogolning zararlovchi ta’siridan himoyalash;
  • shamollash davrida, surunkali kasalliklarda (gerpetik infeksiya va boshqalar);
  • autoimmun kasalliklar profilaktikasi, xususan psoriaz, revmatoid artrit va boshqalar;
  • asab tizimi kasalliklari profilaktikasi (Alsgeymer, Parkinson), miya faoliyatini yaxshilash).

QARSHI KO‘RSATMALAR

Tarkibiy komponentlarga individual nohushlik, homiladorlik.

MUHIM KO‘RSATMALAR

Dori vositasi emas!
Qabul qilishdan oldin mutaxassis bilan maslahatlashish taklif etiladi.

QABUL QILISH USULI VA MIQDORI

Ichga 1 tabletkadan 2 mahal.

SAQLASH SHARTLARI

Quruq joyda xona haroratida saqlansin.

SOTISH TARTIBI

Retsyeptsiz sotiladi.

Внимание!
Описание препарата на данной странице является упрощённой. Перед приобретением и применением  препарата проконсультируйтесь  с лечащим врачом или фармацевтом, а также ознакомьтесь с утверждённой производителем аннотацией.

Информация о препарате предоставлена исключительно с ознакомительной целью и не должна быть использована как руководство к самолечению.

ВНИМАНИЕ!

Данный раздел предоставлена исключительно с ознакомительной целью и не является каталогом или прайс листом нашей компании. 
Для получения информаций о наличии препаратов позвоните 
на номер + 99871 202 0999 Справочная сети аптек 999.

Новости

22

января

ОТКРЫТИЕ НОВОГО ФИЛИАЛА!

ОТКРЫТИЕ НОВОГО ФИЛИАЛА!

Открытие нового филиала аптечной сети "999" по адресу Кибрай. Махаля А Темура ул.Бинокор дом №1. Ориентир. Ресторан "Трюфель" подробнее...

01

октября

С праздником дорогие учителя и наставники!<br />
<br />

С праздником дорогие учителя и наставники!

Ўқитувчи ва мураббийлар куни барчангизга муборак азиз устозлар, муҳтарам муаллимлар! подробнее...

05

августа

Сеть аптек “999” предлагает большой ассортимент медицинских тростей разных моделей и комплектации!

Сеть аптек “999” предлагает большой ассортимент медицинских тростей разных моделей и комплектации!

Сеть аптек “999” предлагает большой ассортимент медицинских тростей разных моделей и комплектации! «999» дорихоналар тармоғида кенг турдаги ва хар хил тиббий хассаларини (тростларни) топишингиз мумкин! подробнее...

Контакты

  • Ташкент, Мирзо-Улугбекский район, ул. Буюк Ипак йули, 103/33
  • +(998) 71 202-09-99
  • info@apteka999.uz
Заметили ошибку на сайте?