Sarimsoq piyoz quruq konsentrati (lot. Allium sativum).
Sarimsoq piyoz quruq konsentrati – 300 mg, tarkibida Alliin – 10%, Allisin – 5%;
laktoza, kraxmal, kalsiy stearate mavjud.
Mis – 0,30 mg
Temir – 1,7 mg
Fosfor – 153 mg
Selen – 14,2 mg
Rux – 1,16mg
A vitamini – 9XB
С vitamini – 31.2mg
Е vitamini – 0.1mg
К vitamini – 1.7mkg
В6 vitamini – 1.2 mg mavjud)
30 ta tabletka 500 mgli.
Sarimsoq piyoz quruq konsentrati tarkibidagi faol modda – allisindir. Sarimsoqning quruq konsetratida tayyor allisin bilan birga organizmdagi sintezi uchun uning zarur bo’lgan komponenti – alliin ham mavjud. Sarimsoqning quruq konsentrati o’ta kuchli antioksidant ta’sirga ega bo’lib, hujayra membranalarining stress tufayli mustaqil radikallar bilan shikastlanishidan himoya qiladi. So’nggi tadqiqotlar natijasida shunisi aniqlandiki, aynan sarimsoqdagi allisin o’simtaga qarshi ta’sirga ega.
Sarimsoqning antioksidant ta’siri hujayralar bo’linishida genetik materialda sodir bo’ladigan mutatsiyalar oldini oladi va bu bilan keksayish va onkologik kasalliklarni profilaktika qiladi. Allisin lipofil modda bo’lganligi uchun, hujayra membranalaridan osonlik bilan o’ta oladi.
Hozirgi kunda gipodinamiya va noto’g’ri ovqatlanish natijasida kelib chiqadigan ateroskleroz va yurak-tomir tizimining boshqa xastaliklari ko’p uchramoqda. Ish bilan mashg’ul kishi muntazam jismoniy tarbiya va to’liq, sog’lom ovqatlanish uchun doim ham vaqt topavermaydi. Ushbu sarimsoq konsentrati ateroskelroz, gipertoniya va tromblar hosil qilinishining oldini oluvchi oddiy, arzon va samarali vositadir.
Sarimsoq piyoz quruq konsentratidagi allisin va boshqa komponentlar qondagi lipidlarning konsentrasiyasi va tomir devorlarining holatiga, hamda qon tanachalarining membranalariga ta’sir ko’rsatadi.
Sarimsoq ham inson immuniteti kabi zararli mikroorganizmlar va zamburug’larga qarshi ko’p-qirrali va samarali himoyalash tizimiga ega. Sarimsoqni tabiiy antibiotik deb ham atashadi.
Hozirgi kunda mavjud antibiotiklarga turg’un bo’lgan ko’pdan-ko’p mikroblar paydo bo’lmoqda. Allisin hatto dorilarga turg’un bo’lgan mikroblarning ayrim turlarini yo’q qilishda ham samardorligini ko’rsatdi. Shu sababli, sarimsoq konsentratini bakterial va virusli infeksiyalar, parazitar kasallikar va immun tanqisligi holatlarini davolash vositasi sifatida qo’llash mumkin.
QON-TOMIR TIZIMIGA TA’SIRI:
Sarimsoq piyoz konsentrati antiagregatsion, fibrinolitik, gipotenziv ta’sirga ega bo’lib, qonning haddan ziyod ivishini normallashtiradi, endi hosil bo’lgan tromblarning lizisini yaxshilaydi va yangilari paydo bo’lishining oldini oladi. Bundan tashqari, sarimsoq konsentrati giperlipidemiyada plazmada kuzatiladigan xolesterin va trigliseridlar miqdorini kamaytiradi, yangi ateroskelrotik pilakchalar hosil bo’lishining oldini oladi va mavjud pilakchalarning sekin-asta so’rilib ketishiga olib keladi.
ASAB TIZIMIGA TA’SIRI:
Sarimsoq piyoz konsentrati kardiovaskulyar xavf darajasini pasaytiradi, bosh miya hujayralarining oqizlanishini yaxshilaydi. Shu sababdan, sarimsoq konsentratini muntazam qabul qilish insultni samarali profilaktika qilishga yordam berishi mumkin. Konsentrat tarkibidagi allisin va boshqa komponentlar bosh miyada axborotlar saqlash va uzatish funksiyasini bajaruvchi oqsillarni shikastlanishdan himoya qiladi. Ushbu oqsillarning shikastlanish holatlari ko’proq Alsgeymer kasalligi va keksalik demensiyasida kuzatiladi, sarimsoq konsentrati esa bunday o’zgarishlarning oldini olish vositasi sifatida xizmat qiladi.
KISLOROD TRANSPORTI VA GIPOKSIYAGA TURG’UNLIKKA TA’SIRI:
Sarimsoq piyoz konsentrati bosh miya va yurak mushagi hujayralarining gipoksiyaga tur’gunligini oshiradi. Qonning reologik xususiyatlarini yaxshilar ekan, sarimsoq konsentrati hujayralarga kislorod yetkazib berishni faollashtirib, bu ayniqsa nafas olish tizimidagi surunkali xastaliklarda foydali bo’lishi mumkin.
ANTIBAKTERIAL, VIRUSGA QARSHI VA IMMUNITETNI QO`LLAB-QUVVATLOVCHI TA’SIRI:
Sarimsoq piyoz konsentrati antibiotiklarga turg’un bo’lgan mikroorganizmlarni, jumladan metisillinrezistent Staphylococcus aureus, vankomisinga rezistent bo’lgan enterokokklarni yo’q qilishga yordam beradi. Allisinning Escherichia coli, Pseudomonas aeruginosa, Bacillus subtilis, Staphylococcus aureus, Klebsiella pneumoniae, Shigella sonnei, Staphylococcus epidermidis,
Salmonella typhi kabi rezistent shtammlarni, hamda Helicobacter pylori yaralari va gastritlarini susaytiruvchi xususiyati isbotlangan. Bundan tashqari, sarimsoqning sil mikrobakteriyasini susaytiruvchi xususiyati ham aniqlangan.
Sarimsoq piyoz konsentrati ichak bakteriyalari guruhiga mansub bakteriyalarga qarshi ta’sirga ega, chunki 20% sarimsoq absorbasiya qilinmaydi va ichak orqali chiqarib yuboriladi, bu esa patologik mikroflorani yo’q qilishga yordam beradi. Sarimsoq komponentlari nafaqat patogen mikroblarni yo’q qiladi, balki ayrim antibiotiklar bilan birgalikda qabul qilinganda ularning davolovchi ta’sirini ham oshiradi.
Sarimsoq piyoz konsentrati komponentlarining ko’pgina keng tarqalgan viruslar, jumladan 1 va 2-turli gerpes virusi (herpex simplex), inson rinovirusi (O’RVI ning keng tarqalgan sababchisi)ga qarshi faolligi aniqlangan.
Sarimsoq konsentratining faol tarkibi immunitetning parazit va mikroblar invaziyasiga qarshi ta’sirini kuchaytiruvchi interleykinlarning hosil bo’lishini yaxshilaydi. Ushbu jarayon organizmning himoya kuchlarini mustahkamlaydi.
ANTIPARAZITAR TA’SIRI:
Olimlar sarimsoq piyoz konsentratining parazitoz (lyamblioz, gimenolepidoz, leyshmanioz)ga qarshi ta’sirini ancha oldin aniqlagan edilar. Tarkibida sarimsoq konsentrati bo’lgan qo’shimchani qabul qilish davo samaradorligini oshirib, davolanish jarayonini qisqartirishi mumkin.
Sarimsoq piyoz quruq ekstraktini qo’shimcha davolash va profilaktika qilish komponenti sifatida quyidagi hollarda qo’llash tavsiya qilinadi:
Konsentrat komponentlariga toqat qila olmaslik holatlarida.
Ushbu mahsulot dori emas!
Qo’llashdan oldin mutaxassis bilan maslahatlashing.
Agarda Sizda sarimsoqqa allergiya, qon ketishiga moyillik yuqori bo’lsa, biologik qo’shimchani shifokor ruxsatisiz qo’llamang. Oshqozon yoki ichak yarasi, o’t pufagi xastaliklaridan aziyat chekadigan, yoki o’t pufagi olib tashlangan bemorlarga qo’shimchani qabul qilishlaridan oldin shifokor bilan maslahatlashish tavsiya etiladi.
Ichga, 1 ta tabletkadan kuniga 1 marta, bunda mahsulotni qabul qilish intervali ovqatlanayotganda va ovqatlangandan so’ng 12 soatdan kam bo’lmasligi kerak.
Kamdan-kam hollarda kuzatiladi. Ular qatoriga jig’ildon qaynashi, ko’ngil aynishi, diareya, eshakyem, haddan ortiq qon ketishi kiradi. No’joya reaksiyalar paydo bo’lganda qo’shimchani qabul qilishni to’xtating va shifokorga murojaat qiling.
Agar Siz biron-bir dorini (antikoagulyantlar, steroid bo’lmagan yallig’lanishga qarshi preparatlar, og’riq qoldiruvchi dorilar va h.k.) muntazam ravishda qabul qilsangiz, qo’shimchani qo’llashdan oldin shifokor bilan maslahatlashing.
Quruq joyda xona haroratida saqlansin.
Reseptsiz.
Внимание!января
Открытие нового филиала аптечной сети "999" по адресу Кибрай. Махаля А Темура ул.Бинокор дом №1. Ориентир. Ресторан "Трюфель" подробнее...
октября
Ўқитувчи ва мураббийлар куни барчангизга муборак азиз устозлар, муҳтарам муаллимлар! подробнее...
августа
Сеть аптек “999” предлагает большой ассортимент медицинских тростей разных моделей и комплектации! «999» дорихоналар тармоғида кенг турдаги ва хар хил тиббий хассаларини (тростларни) топишингиз мумкин! подробнее...