Каталог препаратов / товаров

Мегапрост

Мегапрост

MANBA:

Qovoq danagi (lat. Semeni Cucurbita)

TARKIBI:

Qovoq danagi quruq konsentrati.
Qo‘shimcha moddalar – shakar kukuni, laktoza, mikrokristallik syellyuloza, kraxmal, kalsiy yoki magniy stearati.

ISHLAB CHIQARISH SHAKLI:

60 dona 0.5g tabletkalar

FOYDALI XUSUSIYATLARI 

TANOSIL TIZIMIGA TA’SIRI:
Qovoq danagi tarkibidagi rux kimyoviy elementi miqdori qimmat va o‘ta foydali bo‘lgan ustritsalarga tenglasha oladi. Tarkibida ko‘p miqdordagi rux elementi sababli qovoq danagi quruq konsentrati prostata va adenoma kasalliklarida keng foydalanib kelinmoqda. Qovoq danagi quruq konsentrati qovuq mushaklarini mustahkamlaydi, Prostata bezi yallig‘lanishi va gipertrofiyasini kamaytiradi. Bundan tashqari qovoq danagi quruq konsentrati faol moddalar mavjudligi sababli siydik chiqishi yaxshilanadi, bu bilan siydik qopi va buyraklarda bosim kamayadi, natijada buyrak va siydik qopida tosh paydo bo‘lishi sekinlashadi.

HAZM QILISH TIZIMI, JIGAR FAOLIYATI VA DETOKSIKATSIYA JARAYONIGA TA’SIRI:
Qovoq danagi quruq konsentrati jigar to‘qimalarining zaharli moddalar, dorilar, spirtli ichimliklar ta’siri natijasida zararlanishining oldini oladi.

Detoksikatsiya jigar va ichak faoliyatini va toksinlar absorbsiyasini yaxshilash, ularning organizmdan tezkor chiqarish orqali amalga oshadi.

Qovoq danagi quruq konsentrati tarkibidagi pektin tolalari tufayli organizmdan toksinlarni, ortiqcha xolesterinni va shlakni chiqaradi. Qovoq danagi quruq konsentratining bunday ta’siri shuningdek allergik reaksiyalarga qarshi kurashishga ham yordam beradi, chunki allergenlarni ichaklardan samarali chiqarish allergiyaga qarshi kurashishning muhim sharti hisoblanadi.

PARAZITLARGA QARSHI TA’SIRI:
Qovoq danagi quruq konsentrati ichak parazitlarining ko‘payish jarayonlarini qiyinlashtiradi va ular tuxumlarining qobig‘ini zararlaydi, buning natijasida parazitlarga qarshi ta’siri kuzatiladi. 
Lentasimon qurtlarga qarshi samarali yordam beradi. Bundan tashqari, qovoq danagi quruq konsentrati parazitlarning harakatlanish faolligini o‘zgartiradi, ya’ni boshida mushaklar bo‘shashishni chaqiradi va mushaklar kontrakturasiga sabab bo‘ladi. Shu bilan birga, peristalik to‘lqinlar sababli gelmint tashqariga chiqariladi.

YURAQ VA QON-TOMIR TIZIMIGA TA’SIRI:
Qovoq danagi tarkibidagi fitoestrogenlar qondagi xolesterin va uning hosilalari miqdorini nazorat qiladi, shu bilan tomir devorlarini aterosklerozdan himoyalaydi. Ayni ushbu fitoestrogenlar sababli qovoq danagining quruq konsentrati klimaks jaraynida foydalidir, ya’ni ayollarda yurak va tomir kasalliklarini orttirib olish xavfi yuqori yuo‘lgan paytda. Qovoq danagining quruq konsentrati shuningdek ateroskleroz blyashkalarini sekinlashtiradi, qon bosimi mo‘’tadillashishiga sababchi bo‘ladi. T vitamini esa – anemiya holatini yaxshilaydi va qon quyilish jarayonini tartibga soladi, bu esa yurakka, tomirlarga va to‘qimalarning kislorod bilan ta’minlanishiga foydalidir.

ASAB TIZIMIGA TA’SIRI:
Qovoq danagi quruq konsentratini qabul qilish jarayonida organizm magniy kabi mikroelementlarga to‘yinadi va natijada asab tizimi mo‘tadillashadi, bezovtalanish va hayajonlanish kamayadi.

TERI VA SOCH SALOMATLIGIGA TA’SIRI:
Tarkibida fosfor, magniy, rux, selen va boshqalarning yuqori miqdordaligi sababli qovoq danagi quruq konsentrati soch o‘sishini yaxshilaydi va soch ildizlari ozuqasini yaxshilaydi, soch to‘qilish jarayonini oldini oladi. Bundan tashqari, qovoq danagi quruq konsentratini qabul qilish vaqtida teri va tirnoq holati yaxshilanadi: teri toza va silliq bo‘ladi, husnbuzarlar kamayadi, tirnoqlar sog‘lom va yorqin rangga kiradi, shuningdek mustahkamlanadi.

YALLIG‘LANISH VA IMMUNITETGA TA’SIRI:
Qovoq danagi quruq konsentrati tarkibidagi linolen kislotasi yallig‘lanish jarayonini sekinlashtiradi, xususan autoimmun kasalliklarida, immunitetni shakllantiradi va mustahkamlaydi.

TAYANCH-HARAKAT TIZIMIGA TA’SIRI:
Qovoq danagi quruq konsentrati tarkibidagi fosfor va magniy suyak to‘qimalarining holatini yaxshilaydi, uning qayta tiklanishini jadallashtiradi, yosh kattalashishi sababli kuzatiladigan suyak destruksiyasi jarayonini sekinlashtiradi.

QO‘LLASH BO‘YICHA TAKLIFLAR:

Qovoq danagi quruq konsentrati rux elementi va boshqa mikroelementlarning boy manba’si hisoblanadi, shuningdek quyidagi holatlarda ozuqaga qo‘shimcha komponent sifatida taklif etiladi:

  • Prostata bezi adenomasi;
  • Surunkali prostatit;
  • Bepushtlikni profilaktikasi;
  • Parazitlar invaziyasi va uning profilaktikasi;
  • Buyraklar, siydik qopi va siydik yo‘llari yallig‘lanishi;
  • Buyraklar, siydik yo‘llarida tosh yig‘ilishiga qarshi profilaktika;
  • Teri kasalliklari, husnbuzar, soch to‘kilishi;
  • Magniy, temir va rux mikroelementlari tanqisligi profilaktikasi;
  • Og‘ir metallar va boshqa toksinlar bilan aloqa;
  • Temir va foliy tanqisligi anemiyasi;
  • Allergiya (qovoqqa allergiya bo‘lmagan holda);
  • Tayanch-harakat apparatiga ortiqcha bosim.

QARSHI KO‘RSATMALAR:

Tarkibiy komponentlarga individual nohushlik, homiladorlik.

MUHIM KO‘RSATMALAR:

Dori vositasi emas!
Qabul qilishdan oldin mutaxassis bilan maslahatlashish taklif etiladi.

QABUL QILISH USULI VA MIQDORI:

Ichga 1 tabletkadan 2 mahal.

SAQLASH SHARTLARI:

Quruq joyda xona haroratida saqlansin.

SOTISH TARTIBI:

Retseptsiz sotiladi.

Внимание!
Описание препарата на данной странице является упрощённой. Перед приобретением и применением  препарата проконсультируйтесь  с лечащим врачом или фармацевтом, а также ознакомьтесь с утверждённой производителем аннотацией.

Информация о препарате предоставлена исключительно с ознакомительной целью и не должна быть использована как руководство к самолечению.

ВНИМАНИЕ!

Данный раздел предоставлена исключительно с ознакомительной целью и не является каталогом или прайс листом нашей компании. 
Для получения информаций о наличии препаратов позвоните 
на номер + 99871 202 0999 Справочная сети аптек 999.

Новости

22

января

ОТКРЫТИЕ НОВОГО ФИЛИАЛА!

ОТКРЫТИЕ НОВОГО ФИЛИАЛА!

Открытие нового филиала аптечной сети "999" по адресу Кибрай. Махаля А Темура ул.Бинокор дом №1. Ориентир. Ресторан "Трюфель" подробнее...

01

октября

С праздником дорогие учителя и наставники!<br />
<br />

С праздником дорогие учителя и наставники!

Ўқитувчи ва мураббийлар куни барчангизга муборак азиз устозлар, муҳтарам муаллимлар! подробнее...

05

августа

Сеть аптек “999” предлагает большой ассортимент медицинских тростей разных моделей и комплектации!

Сеть аптек “999” предлагает большой ассортимент медицинских тростей разных моделей и комплектации!

Сеть аптек “999” предлагает большой ассортимент медицинских тростей разных моделей и комплектации! «999» дорихоналар тармоғида кенг турдаги ва хар хил тиббий хассаларини (тростларни) топишингиз мумкин! подробнее...

Контакты

  • Ташкент, Мирзо-Улугбекский район, ул. Буюк Ипак йули, 103/33
  • +(998) 71 202-09-99
  • info@apteka999.uz
Заметили ошибку на сайте?