Ismaloq barglarining konsentrati (Spinacea oleracea)
Ismaloq barglarning konsentrati – 200mg.
laktoza va shakar kukuni, kraxmal, kaltsiy.
A vitamini (retinol) 2813.1mkg, V1 (tiamin) 0.078 mg, V2 (riboflavin) 0.189 mg, V3 (niatsin) 0.724 mg, V4 (xolin) 19.3 mg, V5 (pantoten kislotasi) 0.065 mg, V6 (piridoksin) 0.195 mg, V9 (foliy kislotasi), S (askorbin kislotasi) 28.1 mg, Ye (tokoferol) 2.03 mg.
Temir (Fe) 22.71mg, kaliy (K) 558mg, kaltsiy (Sa) 99mg, magniy (Mg) 79mg, selen (Se) 1mkg, fosfor (R) 49 mg, sink (Zn) 0.53mg.
400mg.dan 60 dona tabletka
Ismaloq barglarining konsentrati vitamin va minerallarga boy bo‘lib, ajoyib ozuqaviy xussiyatga ega. Tarkibida foliy kislotasi, vitaminlar (K, S va A), lyutein, temir, magniy, sink va 13 hil flavonoidlar borligi tufayli ismaloq barglarining konsentrati kuchli antioksidant xossalarga ega. Ismaloq barglarining konsentratining ustunligi shundaki, uning tarkibida zarur bo‘lgan foydali moddalar konsentratsiyasi balandligidir, chunki bir o‘tirishda shuncha ismaloq barglarini yeb bo‘lmaydi. Ismaloq barglarining konsentrati tarkibidagi moddalarning antioksidant xususiyati ko‘k choy konsentrati va Ye vitaminlarning antiradikal faolligidan ancha baland.
ASAB TIZIMIGA TA’SIRI
Tekshiruvlar natijasida ismaloq barglarining konsentrati uyquning vaqti va sifati uzayganligi, bosh miya neyromediatorlariga ijobiy ta’sir qilishi aniqlandi. Ekstraktning faol moddalari kayfiyatning ko‘tarilishiga, to‘r parda va miyaning asab hujayralar qarishining oldini olishga, eslash va o‘rganish qobiliyatni oshirishga, motor xotirani yaxshilashga yordam beradi. Bu nafaqat aqliy mehnat bilan band bo‘lganlarga foydali, balki raqs va sport bilan shug‘ullanadiganlarga ham foydalidir.
YURAK QON-TOMIR TIZIMIGA TA’SIRI
Ismaloq barglarining konsentrati tarkibida kaliy ko‘pligi va natriy kamligi tufayli, arterial bosim va tomirlar endoteliyga yaxshi ta’sir ko‘rsatadi. Ismaloq barglarining konsentrati arterial bosimni tushishida yordam beradi va yurak ritmini sozlaydi. Ismaloq barglarining konsentrati tarkibida foliy kislota borligi tufayli gomotsisteinni konsentratsiyasi kamayadi, natijada qon tomirlarga ta’siri va aterosklerozni paydo bo‘lishiga asos yo‘qoladi. Bundan tashqari, ismaloq barglarining konsentrati gipoglikemik effektiga ega bo‘lib, qondagi qand miqdorini kamaytirishda yordam beradi.
KO‘RISH TIZIMIGA TA’SIRI
Antioksidlash, angioprotektor, neyroprotektor ta’siriga ega bo‘lgan ismaloq barglarining konsentrati, asab xo‘jayralari va to‘r parda hujayralariga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi, bundan tashqari ko‘zning billur parchasi oqsillarini oksidlanishdan himoya qiladi.
YALLIG‘LANISH JARAYONINI TASHKIL ETUVCHILARGA TA’SIRI
Ismaloq barglarining konsentrati ichaklardagi yallig‘lanish jarayonini kamaytirib, dori va yallig‘lanish induktorlarni ta’siridan hujayralarni zararlanishdan himoya qiladi.
VAZNNI KAMAYISHIGA TA’SIRI
Ismaloq barglarining konsentratidagi faol tarkibiy qismlar organizmdagi moddalar almashuvini tezlashtirib, ozishga yordam beradi.
QON YARATISH TIZIMIGA TA’SIRI
Ismaloq barglarining konsentrati tarkibida temir moddasi ko‘p bo‘lganligi sababli, qon yaratish jarayoniga ta’sir etib, gemoglabin hosil bo‘lishida qatnashadi. Shuningdek Ismaloq barglarining konsentrati qonni kislorod bilan boy etib, to‘qimalarni kislorodsizlikdan ximoya qiladi, ayniqsa bu nafas-yo‘l kasalliklar, kuchli zo‘riqish, tamaki chekishda juda muhim.
IMMUN TIZIMIGA TA’SIRI
Tadqiqotlar bo‘yicha, ismaloq barglarining konsentrati hujayralar immunitetiga ijobiy ta’sir qilib, oldin o‘tgan hujayralarni makrofaglarga aylanishga rag‘batlantirib, organizmni patogen mikroblardan himoya qiladi.
TAYANCH-HARAKAT TIZIMIGA TA’SIRI
Ismaloq barglarining konsentratidagi vitamin K suyak to‘qimasi hosil bo‘lishda ishtiroq etadi. Bu vitaminga muhtoj moddalar ta’sirida suyaklarning mineralizatsiyasi yaxshilanadi, suyak zichligi oshadi va biriktiruvchi to‘qimada kaltsiy tuzlari yig‘ilishi kamayadi. Bundan tashqari, ismaloq barglarining konsentrati ta’sirida mushak hujayralarida moddalar almashuvi tezlashib, ularning jismoniy zo‘riqishga turg‘unligi oshadi.
MUSHAK TIZIMIGA TA’SIRI
Ismaloq barglarining konsentrati ta’sirida mushak hujayralarida moddalar almashinuvi, oqsil biosintezi tezlashib, jismoniy zo‘riqishlarga turg‘unlik oshadi. Anabolik va tonusni oshiruvchi ta’sir ko‘rsatadi, ichki a’zo va mushaklarda oqsil miqdorini oshiradi. Oqsil to‘g‘ri iste’mol qilinganda uzoq vaqt mushak vazni o‘sishi kuzatiladi.
XAVFLI O‘SIMTALARGA QARSHI TA’SIRI
Ismaloq barglarining konsentrati tarkibidagi flavonoidlar prostata bezidagi saraton hujayralarini o‘sishini to‘xtatib, ularning nobud bo‘lishiga olib keladi. Ismaloq barglarining konsentrati antioksidant moddalari (flavonoid va foliy kislota) hujayra DNKsini bo‘sh radikallardan lat yeyish, mutatsiya natijasida hujayrani xavfliga aylanishdan ximoya qiladi. Shunday qilib, ismaloq barglarining konsentrati tarkibidagi moddalar xavfli o‘simtalarning oldini olishda va xavfli hujayralar rivojlanishining boshlang‘ich bosqichda kurashishda yordam beradi.
Ismaloq barglarining konsentrati – quruq konsentratbo‘lib, vitamin, mineral va polifenol moddalarning qo‘shimcha manba’ sifatida quydagi holatlarda tavsiya etiladi:
Dori bo‘lib hisoblanmaydi!
Qo‘llashdan oldin mutaxassis bilan maslahatlashing.
1 tabletkadan 3 mahal ovqatdan keyin.
Yuqori sezuvchanlik
Quruq joyda, xona haroratida saqlansin.
Retseptsiz sotiladi.
Внимание!января
Открытие нового филиала аптечной сети "999" по адресу Кибрай. Махаля А Темура ул.Бинокор дом №1. Ориентир. Ресторан "Трюфель" подробнее...
октября
Ўқитувчи ва мураббийлар куни барчангизга муборак азиз устозлар, муҳтарам муаллимлар! подробнее...
августа
Сеть аптек “999” предлагает большой ассортимент медицинских тростей разных моделей и комплектации! «999» дорихоналар тармоғида кенг турдаги ва хар хил тиббий хассаларини (тростларни) топишингиз мумкин! подробнее...