Sabzi ildizlari (lot. Daúcus).
Sabzi ildizlarining quruq konsentrati
shakar kukuni, laktoza, mikrokristalin sellyuloza, kraxmal va kalsiy va magniy stearati.
Suv 88 g, Oqsillar 1,3 g Yog’lar 0.1g, Uglevodlar 9.3g, Kaliy 200 mg, Kaltsiy 51 mg, Magniy 38 mg, Natriy 21 mg, Fosfor 55 mg, Temir 700 mg, Yod 5 mkg, Cobalt 2 mkg, Marganets 200 mcg, Mis 80 mkg, Molibden 20 mkg, Ftor 55 mkg, Rux 400 mkg.
B vitamini (karotin) 9 mg, E vitamini (tokoferol) 0,63 mg, S vitamini (askorbin kislotasi) 5 mg, B1 vitamini (tiamin) 0,06 mg, B2 vitamini (riboflavin) 0,07 mg, B9 vitamini (foliy kislotasi) 9mg, PP vitamin (niasin) 1 mg.
0.5g tabletkalar
KO’ZGA TA’SIRI
Oftulin odatda ravshanlik va ko’z elementlarini ko’rish o’tkirligiga ta’sir ko’rsatadigan, yosh bilan bog’liq o’zgarishlardan himoya qilishda yordam beradi. Shunday qilib, Oftulinning faol komponentlari ko’z qorachig’i xiralashishining (katarakta) oldini oladi yoki boshlang’ich o’zgarishlar paydo bo’lishidan keyin bu jarayon ehtimolini pasaytiradi.
Sabzi ildizlarining quruq konsentrati ko’zning murakkab tuzilishi va to’r pardasiga ijobiy ta’sir ko’rsatsa, sabzi ildizining quruq konsentrati tarkibida karotinoidlar bo`lib, ular ko`zning murakkab tizimi va to`r pardasiga yaxshi ta`sir ko`rsatadi. Degenerativ jarayon rivojlanishi va harakatchanligining oldini oladi. Oftulin yosh bilan bog’liq o’zgarishlarga alohida ta’sirchan ko’z to’r pardasi, ya`ni makulani tez kasallanishdan himoya qiladi.
Bundan tashqari, sabzining quruq konsentrati ko’z yuzasidagi ko’z yoshi pardasi tarkibining yaxshilanishi uchun sharoit yaratadi, uni tez bug’lanishdan va qurushdan saqlaydi. Sabzi quruq konsentratining karotinoidlari har qanday yoshda ko’z to’r pardasining oziqlanishini yaxshilaydi va uning tarkibiy elementlarini yorug’likning o`zgaruvchanligiga moslashuviga yordam beradi. Bu esa Oftulin qorong’ilikda ko’rish o’tkirligini yaxshilashga yordam beradi degan ma’noni anglatadi.
YURAK-QON TOMIR TIZIMI VA QON BOSIMIGA TA’SIRI:
Sabzining quruq konsentrati kumarinlari tomirlar devorini tinchlantirish xususiyatga ega, bu esa yurak mushagi spazmlarining va qon ta’minoti yetishmovchiligining oldini oladi. Quruq konsentrat komponentlari tomirlar devoriga tinchlantiruvchi ta’sir ko’rsatib, shuningdek yuqori qon bosimi va gipertenziv inqirozning oldini olishda yordam beradi.
ANTIOKSIDANT XUSUSIYATLARI VA O’SMALARGA TA’SIRI:
Sabzining quruq konsentratida mavjud bo’lgan beta-karotinlar kuchli antioksidant hisoblanib, u birdan bir nechta yo’nalishda o’z ta’sirini ko’rsatadi: tayyor erkin radikallarning tutilishi, bog’lanishi va zararsizlantirilishi ta’minlanadi, shuningdek yangi faol erkin radikallarning paydo bo’lishi bilan bog’liq jarayonlarni sezilarli darajada susaytiradi. Bu esa ularning umumiy sonini, hamda rivojlanayotgan o’smalarning xavfini kamaytiradi. Oftulinning ta’siri jigar, ovqat hazm qilish tizimi, bundan tashqari qon saratonining murakkab davolanishida va oldini olishda katta ahamiyatga ega.
JIGAR FAOLIYATI VA DETOKSIKATSIYASIGA TA’SIRI:
Quruq konsentrat tarkibidagi antioksidantlar jigar hujayralarini zaharli moddalarning zarar yetkazuvchi va mutagen ta’siridan himoya qilinishini ta’minlaydi. Toksinlarning hujayralarga zararli oqibatlarining asosiy mexanizmlaridan biri bo’lib ularning genetik materialida paydo bo’lishi mumkin bo’lgan shikastlanishlar jarayoni, shu bilan birga hujayra membranalarining to’g’ridan-to’g’ri zararlanishining boshlanishidir. Tanada erkin radikallarning paydo bo’lishi ikki jarayonga bog’liq bo’lganligi tufayli, quruq konsentrat karatinoidlari va boshqa komponentlari o’zining antioksidantli ta’siri tufayli jigar hujayralarini shikastlanishdan va xavfli o’simtalarning paydo bo’lishidan himoya qiladi.
TERI SALOMATLIGIGA TA‘SIRI:
Sabzining quruq konsentrati teri qurushi, uning yuzasida paydo bo’ladigan yoriqlarga moyillik bilan kurashishga yordam beradi. Oftulin komponentlari o’zining antioksidantli va immun tizimini rag’batlantiruvchi xususiyati tufayli teri yallig’lanishining kamayishi, shuningdek toshmalar (akne) bartaraf etilishi uchun sharoit yaratadi.
Quyosh radiatsiyasi ta’sirida teri hujayralarida paydo bo’lishi mumkin bo’lgan mutatsiyalar va zararlanishning rivojlanishiga qarshi himoya – hamda, birinchi navbatda, uning tarkibidagi karotinoidlar tomonidan ta’minlanadigan, ahamiyatga ega bo`lgan yana bir foydasidir.
YALLIG‘LANISH VA IMMUNITETGA TA’SIRI:
Sabzining faol moddalari tana immun tizimining funktsiyasini yaxshilash, bakterial va virusli infeksiyalarga qarshilikni oshirish imkoniga ega. Sabzidagi komponentlarning sil mikobakteriyalari va trixomonadlarga ham qarshi ta’siri haqida ma’lumotlar mavjud.
Bu sabzi quruq konsentratini bakterial va virusli infeksiyalarning oldini olish maqsadida qo’llanilishiga sabab bo’lib, shu jumladan, sil kasalligi bilan kasallanish xavfini pasaytiradi.
UROGENITAL TIZIMGA TA‘SIRI:
Sabzi quruq konsentratining faol komponentlari siydik va buyrak ariqchalari bo’shlig’ida toshlar paydo bo’lishining oldini olish imkoniga ega. Shuningdek sabzining quruq konsentrati siydik yollarida paydo bo’lgan cho’kindilarning bartaraf etilishi va erishi uchun qulay shart-sharoit yaratib beradi.
Quruq sabzi konsentratining havoyi ta’siri siydik yo’llarida yallig’lanish jarayonining, su bilan birga siydik-tosh kasalligida shilliq pardaning toshdan tirnalishining oldini oladi.
ORGANIZMNING UMUMIY JISMONIY RIVOJLANISHIGA TA‘SIRI :
Sabzi quruq konsentratining karotinoidlari yosh organizmning normal o’sishi va jismoniy rivojlanishiga yordam beradi. Ushbu yosh davrida hujayralarning ko’plab faol moddallarga bo’lgan ehtiyoji ortib boradi. Sabzining quruq konsentrati hujayralarning karotinoidlar bilan to’yinishiga, terining, mushak to’qimalarining va ichki organlarning normal rivojiga, shuningdek to’g’ri o’sishi uchun imkoniyat yaratadi.
Sabzining quruq konsentrati kumarin va keratinoidlarga boy manba sifatida tavsiya qilinadi. Sabzining quruq konsentrati qo’shimcha component shaklida quyidagi hollarda tavsiya qilinishi mumkin:
Komponentlarga o’ta sezuvchanlik.
Dori vositasi emas!
1 tabletkadan kuniga 2 mahal ichga.
Quruq joyda xona haroratida saqlansin
Reseptsiz beriladi.
Внимание!января
Открытие нового филиала аптечной сети "999" по адресу Кибрай. Махаля А Темура ул.Бинокор дом №1. Ориентир. Ресторан "Трюфель" подробнее...
октября
Ўқитувчи ва мураббийлар куни барчангизга муборак азиз устозлар, муҳтарам муаллимлар! подробнее...
августа
Сеть аптек “999” предлагает большой ассортимент медицинских тростей разных моделей и комплектации! «999» дорихоналар тармоғида кенг турдаги ва хар хил тиббий хассаларини (тростларни) топишингиз мумкин! подробнее...