Qizil uzum danagining konsentrati (Vitis vinifera)
Qizil uzum danagining quruq konsentrati -150mg.
YORDAMCHI MODDALAR
laktoza va shakar kukuni, kraxmal, kaltsiy.
100GR QIZIL UZUM DANAGINING TARKIBIDA
VITAMINLAR: V1 (tiamin) 0.07, V2 (riboflavin) 0.07, V3 (niatsin) 0.188mg, V5 (pantoten kislotasi) 0.05mg, V6 (piridoksin) 0.086mg, V9 (foli kislotasi) 2mkg, S (askorbin kislotasi) 10.8mg.
MINERALLAR: Kaltsiy (Sa) 10 mg, kaliy (K) 191 mg, temir (Fe) 0.36 mg, sink (Zn) 0.07 mg, magniy (Mg) 7 mg, marganes 0.07mg, fosfor (R) 20 mgni tashkil qiladi.
60-ta tabletka 400mg.dan
ASAB TIZIMIGA TA’SIRI
Qizil uzum danagi quruq konsentrati yog‘ va suvda oson eriydi, demak – ichaklarda yaxshi so‘riladi, qon-tomirlarda aylanib, dori moddalar yetib bormaydigan joylargacha borishi mumkun. Protoks gematoensefalik baryerdan o‘tib, miya hujayralarini ishemik buzilishlardan himoya qiladi, ularda qon aylanishini va moddalar almashinuvini yaxshilaydi. U asab hujayralarida yosh bilan bog‘liq o‘zgarishlarga qarshi kurashib, emotsional va aqliy zo‘riqishlarda kognitiv jarayonlarni yaxshilaydi. Qizil uzum danagi konsentratidagi moddalar olingan ma’lumotni eslash, o‘ziga olish va qayta ishlab chiqarishda yordam beradi. Bundan tashqari, qizil uzum danagi quruq konsentrati miya hujayralarida patologik oqsil hosil bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaydi va hosil bo‘lgan oqsil yig‘ilishlarni qisman buzib,
Alsgeymer kasalligini oldini oladi.
JIGAR VA DETOKSIKATSIYA JARAYONLARIGA TA’SIRI.
Qizil uzum danagi konsentratidagi moddalar organizm hujayralarini dori, og‘ir metallar, alkogol va boshqa kimyoviy moddalar toksik ta’siridan himoya qiladi. Qizil uzum danagi quruq konsentrati og‘ir metall ionlarini oldindan bog‘lab, organizm hujayralariga nojoya ta’sir ko‘rsatishga bermaydi. Qizil uzum danagi konsentratini qo‘llanilishi jigarni sitostatik, atsetaminofen, alkogolni toksik zaharidan himoya qiladi va og‘ir nojoya ta’sirlarini kamaytirib, onkologik kasalliklarda qo‘llaniladigan dorilarni qabul qilishni osonlashtiradi.
YURAK QON-TOMIR TIZIMIGA TA’SIRI.
Qizil uzum danagi konsentrati yurak qon-tomir kasalliklarini rivojlanish xavfini kamaytiradi, qon-tomir devorini mustahkamlab, nimjonligini pasaytiradi, qon tarkibidagi qand va xolesterin miqdorini kamaytiradi. Qizil uzum danagi konsentrati qon-tomir devorlaridagi kollagenni mustahkamlaydi. Qon-tomirlarga ta’sir ko‘rsatganligi uchun meteomuhtojlik pasayadi. Qizil uzum danagi konsentrati insulinga o‘xshab ta’sir ko‘rsatganligi uchun qand metabolizmini kuchaytiradi, arteriyalarni aterosklerozdan himoya qiladi. Qizil uzum danagi konsentratini shunday ta’siri stenokardiya va infarkt rivojlanishini kamaytirib, qon haydash vaqtida yurak mushakdagi kuchlanishlarni kamaytiradi. Qizil uzum danagi konsentrati – nootrop, adaptogen va angioprotektor ta’sirlariga ega.
KO‘RISH TIZIMIGA TA’SIRI
Qizil uzum danagi quruq konsentrati yetib borish qiyin bo‘lgan joylarga – billur parchasiga – ta’sir etib, antioksidant himoyani kuchaytiradi. Billur parchasining xiralashishi (katarakta) bo‘sh radikallar ta’sirida paydo bo‘ladi. Shu tufayli qizil uzum danagi konsentrati billur parchasini xiralashishining oldini oladi. Qizil uzum danagi konsentrati angioprotektor ta’siriga ega bo‘lganligi tufayli asab hujayralariga yaxshi ta’sir ko‘rsatadi, qizil uzum danagi quruq konsentrati diabetik retinopatiya va gipertonik angiopatiyalarda to‘r pardani holatini yaxshilaydi.
YALLIG‘LANISH JARAYONINI TASHKIL ETUVCHILARGA TA’SIRI
Qizil uzum danagi quruq konsentrati yallig‘lanishga qarshi ta’sir ko‘rsatib, to‘qimalardan ortiqcha suyuqlikni chiqarib, shishlarni yo‘qotadi, antigistamin ta’siriga ham ega.
Tayanch-harakat tizimiga ta’siri
Qizil uzum danagi quruq konsentrati suyak moddasini zichligini oshirish va suyak hosil bo‘lishidi ijobiy ta’siri aniqlandi. Qizil uzum danagi quruq konsentrati ta’sirida suyaklarda kaltsiy, fosfor, magniy va sink konsentratsiyalari oshadi. Shunday qilib, qizil uzum danagi quruq konsentrati ta’sirida suyaklar mustahkamligi mexanik ta’sirlariga oshib, suyak sinishini oldini oladi.
ANTIBAKTERIAL TA’SIRI
Qizil uzum danagi konsentrating qizil uzum danagi quruq konsentratii patogen grammusbat bakteriyalarni o‘sish tezligini pasaytiradi. Stomatologik va ba`zi jarrohlik manipulyatsiyalaridan so‘ng qonga bakteriyalar tushishi natijasida tishlarda kariyes, yurak qavat va klapanlarining yallig‘lanishi rivojlanishi mumkin, qizil uzum danagining quruq konsentrati ta’sirida shu jarayonlar kamayadi.
Qizil uzum danagi konsentrati prototsianidin antioksidantlar manbai sifatida quyidagi kasalliklarning oldini olishda tavsiya etiladi:
Qo‘shimchaning tarkibidagi moddalarga sezuvchanlik va 3 yoshgacha bolalar.
Dori vositasi emas.
Qo‘llashdan oldin mutaxassis bilan maslahatlashing.
Kattalarga 1 tabletkadan 3 mahal, ovqat vaqtida.
Yuqori sezuvchanlik
Quruq joyda, xona haroratida saqlansin.
Reseptsiz sotiladi.
Внимание!января
Открытие нового филиала аптечной сети "999" по адресу Кибрай. Махаля А Темура ул.Бинокор дом №1. Ориентир. Ресторан "Трюфель" подробнее...
октября
Ўқитувчи ва мураббийлар куни барчангизга муборак азиз устозлар, муҳтарам муаллимлар! подробнее...
августа
Сеть аптек “999” предлагает большой ассортимент медицинских тростей разных моделей и комплектации! «999» дорихоналар тармоғида кенг турдаги ва хар хил тиббий хассаларини (тростларни) топишингиз мумкин! подробнее...