Sholg’omsimon piyoz (lot. Allium cepa)
Sholg’omsimon piyozning quruq konsentrati.
YORDAMCHI MODDALAR
shakar kukuni, laktoza, mikrokristalli sellyuloza, kraxmal, kalsiy va magniy stearati.
100 GR PIYOZDAGI NUTRIYENTLAR TARKIBI
Suv 86 gr, Oqsillar 1,4 gr, Yog’lar 0,1 gr, Uglevodlar 10,4 gr, Kaliy 175 mg, Каlsiy 31 mg, Маgniy 14 mg, Natriy 18 mg, Fosfor 58 mg, Temir 800 mkg, Yod 3 mkg, Коbalt 5 mkg, Маrganets 230 mkg, Mis 85 mkg, Ftor 31 mkg, Rux 850 mkg.
E vitamini (tokoferol) 0,2 mg, C vitamini (aslrbin kislotasi) 10 mg, B1vitamini (tiamin) 0,05 mg, B2 vitamini (riboflavin) 0,02 mg, B9 vitamini (foli kislotasi) 9 mg, PP vitamini (niatsin) 0,2 mg.
0.5grli tabletkalaг
IMMUNITETNI OSHIRUVCHI TA’SIRI:
Piyozning quruq konsentrati flavonoidlari mikrobli hujayralar devoriga vayron qiluvchi ta’sir ko’rsatadi, ularning hayot davomiyligiga qarshilik ko’rsatadi, patogen mikroorganizmlarga vayron qiluvchi ta’sir ko’rsatadi. Piyozning bakteritsidli flavonoidlariga eng keng tarqalgan ichak infeksiyasi qo’zg’atuvchilari – salmonellalar va ichak tayoqchalari (Escherichiacoli, Salmonellatyphi) ham ta’sirchan hisoblanadi. Piyoz psevdomonadlar va Bacillussubtilislarga nisbatan kamroq vayron qiluvchi ta’sir ko’rsatadi. Undan tashqari kattalarda periodontit (Porphyromonasgingivalis, Prevotellaintermedia) qo’zg’atuvchilari ham piyozning quruq konsentrati bakterisidli ta’siriga ta’sirchan hisoblanadi. Piyozning quruq konsentrati faol komponentlari ham kandidozning, ya’ni uzoq va murakkab davolanishni talab qiladigan kasallikni keltirib chiqaruvchi bo’lgan Candida turkumidagi zamburug’lar koloniyasiga yo’qotuvchi ta’sir ko’rsatadi. Ushbu xususiyatlar ichak infeksiyalari, periodontit va kandidoz (molochnitsa)ning oldini olishda yordam beradi. Piyozning quruq konsentrati tarkibida C vitaminining mavjudligi ham organizmning infeksiyalardan himoyalanishiga ko’maklashadi.
ANTIOKSIDANT VA ANTIKANSEROGEN TA’SIRLARI:
Faol komponentlar oksidativ stress holatida erkin radikallar bilan genetik materiallarning shikastlanishining oldini olishdan boshlab atipik o’zgargan hujayralarning bo’linishigacha bo’lgan davrda xavfli hujayralar rivojlanishining barcha bosqichlariga ta’sir ko’rsatadi. Bu piyozning quruq konsentratining butun organizmga kuchli antioksidant ta’siri, shuningdek, o’smalarning o’sishi va hujayralarning bo’linishiga olib keluvchi biologik faol omilarning piyozning quruq konsentrati ta’siri natijasida ishlab chiqilishi to’xtashi tufayli yuz beradi. Ayniqsa teri ichak va jigar rakining oldini olishda samarali hisoblanadi.
Buyrak, teri va jigar hujayralariga, shuningdek, intoksikatsiya va og’ir metallar bilan surunkali zaharlanishda (ishlab chiqarishning zararli ta’sirlari, yomon ekologiya va b.) boshqa ichki organlarga himoyalovchi ta’sir ko’rsatadi.
OVAT HAZM QILISH TIZIMI VA JIGARGA TA’SIRI:
Piyozning quruq konsentrati ichakni og’riq beruvchi bakteriyalar (salmonellalar va ichak tayoqchalari)dan himoyalaydi va jigarning yog’ bilan, shuningdek, ortiqcha vazn holatida va qandli diabetda shikastlanishini bartaraf etadi. Faol komponentlar bez sekretsiyasini va oshqozon osti bezi ishlab chiqilishini yaxshilaydi, bu esa ishtahani ochadi, ichakning peristaltikasi va ovqat hazm qilish samaradorligini yaxshilaydi.
YURAK-QONTOMIR TIZIMIGA TA’SIRI:
Bir vaqtning o’zida bir necha yo’llar bilan yurakka va tomirlarga himoyalovchi tasir ko’rsatadi. Birinchidan, tomirlarni aterosklerotik toshmalar toshishidan va ateroskleroz rivojlanishidan himoyalaydi. Piyozning quruq konsentrati ta’siri natijasida yuqori zichlikdagi “yaxshi” lipoproteinlar darajasi oshadi hamda lipidli profil muvozanatga keladi. Ikkinchidan, piyozning quruq konsentrati tomirlar kengayishini yaxshilaydi, gipertoniyada ikrosirkulyatsiyani yaxshilaydi va bosimni tushiradi. Uchinchidan, piyozning quruq konsentrati trombositlarning agregatsiyasini kamaytiradi, bu esa tomirlarda tromblar hosil bo’lishining oldini oladi.
ASAB TIZIMIGA TA’SIRI:
Quruq konsentrat asab tolalarini qon bilan ta’minlovchi mikotomirlarni shikastlanishlardan himoyalaydi. Flavonoidlar va vitaminlar tufayli quruq konsentratning antioksidantli ta’siri stress va toliqish holatida miya hujayralarini shikastlanishlardan faol himoya qiladi.
TERI VA KELOIDLI CHANDIQLARGA TA’SIRI:
Piyozning quruq konsentrati tarkibida kversetin va boshqa komponentlarning mavjudligi chandiq zichligining, ushbu sohada yoqimsiz hislarning, teri qizarishining kamayishiga olib keladi. Mahalliy ta’siri chandiq yuzasidagi teri qatlamlarining silliqlanishiga olib keladi, kelajakdagi giperplastik jarayonlar va uning hajmining oshishiga qarshilik ko’rsatadi. Keloidli chandiqlarni qo’shimcha davolashda foydali vosita bo’lishi, shuningdek, jarrohlik amaliyotidan so’ng yoki jarohat tufayli chandiq qolishining oldini olishi mumkin.
SIYDIK AJRALISHI TIZIMIGA TA’SIRI:
Piyozning quruq konsentrati toksik moddalar, dori vositalari va boshqa agressiv omillar ta’sirida buyrak hujayralarining shikastlanishining oldini olishi mumkin. Shu sababli buyrak faoliyati normallashishiga ko’maklashadi va buyrak to’qimasining autoimmunali shikastlanishiga sabab bo’luvchi zararli ishlab chiqarish sharoitlarida ishlaganda, dori vositalarini uzoq muddat qabul qilganda, tez-tez uchraydigan angina va tonzillitlarda asoratlarning oldini olishda foydali bo’lishi mumkin.
Piyozning quruq konsentrati mikroelementli, tabiiy, immunitetni oshiruvchi va antiseptik moddalar manbai sifatida tavsiya etiladi. Quyidagi hollarda qo’llanishi mumkin:
Piyozning quruq konsentrati komponentlarini shaxsiy qabul qilolmaslik.
Dori emas!
1 tabletkadan kuniga 2 mahal ichga.
Quruq joyda, xona haroratida saqlansin.
Retseptisiz beriladi.
Внимание!января
Открытие нового филиала аптечной сети "999" по адресу Кибрай. Махаля А Темура ул.Бинокор дом №1. Ориентир. Ресторан "Трюфель" подробнее...
октября
Ўқитувчи ва мураббийлар куни барчангизга муборак азиз устозлар, муҳтарам муаллимлар! подробнее...
августа
Сеть аптек “999” предлагает большой ассортимент медицинских тростей разных моделей и комплектации! «999» дорихоналар тармоғида кенг турдаги ва хар хил тиббий хассаларини (тростларни) топишингиз мумкин! подробнее...