TARKIBI:
- yalpiz bargi quruq konsentrati 15%/mg
- qizil lavlagi quruq konsentrati 20%/mg
- na’matak quruq konsentrati 50%/mg
- bug`doy quruq konsentrati 15%/mg
VITAMINLAR: PP vitamini, A vitamini, E vitamini, C vitamini, B1 vitamini, B2 vitamini, B9 vitamini, K vitamini, P vitamini.
MINERALLAR: kalsiy (Ca), yod ( J ), temir (Fe), kaliy (K), magniy (Mg), mis (Cu), fosfor (P).
ISHLAB CHIQARISH SHAKLI:
500 mg li kapsulalar, 60 dona.
FOYDALI XUSUSIYATLARI
Bu mahsulot shifobaxsh xususiyatga ega bo`lgan tabiiy sabzavot va o`simliklardan olingan bo`lib, inson organizmida turli kasalliklar kelib chiqishining oldini oladi hamda normal fiziologik holatini ta’minlash uchun kerakli asosiy elementlar va vitamin guruhlarini o`z ichiga oladi. Bundan tashqari organizmdagi metabolik jarayonlar va biokimyoviy reaksiyalar kechishini yaxshilaydi. Shuningdek, quyidagi: endokrin tizimi kasalliklari, oshqozon-ichak tizimi kasalliklari, asab tizimi, nafas olish, yurak qon tomir tizimi, suyak-bo`g`im tizimi kasalliklarining oldini olish kabi holatlarda va kasallik davrida qo`llab-quvvatlovchi vosita sifatida juda samarali natija beradi.
QO`LLASH BO`YICHA TAVSIYALAR:
- qalqonsimon bez kasalliklari (organizmga etarlicha yod tushmasligi va yodning yaxshi so`rilmasligi oqibatida kelib chiqadigan bo`qoq kasalligi, o`smirlik va homiladorlik paytida yod yetishmovchiligi) va ularning oldini olishda;
- hazm qilish tizimi (o`t qopida o`tning dimlanishi, xolesistitda va oshqozon-ichak motorikasini yaxshilashda);
- asab tizimi, ya’ni bosh og`rig`i, migren, ruhiy (emotsional) zo`riqishlarda, nevroz, uyqusizlik, depressiya va aqliy zo`riqishlarda;
- onkologik kasalliklar profilaktikasi (sut bezi, bachadon miomasi, kista va boshqalarda);
- yurak-qon-tomir tizimi – ateroskleroz, gipertoniya, insult, tromboflebit, venalar varikoz kengayishi, tomirlar elastikligini ta’minlash va kamqonlikda;
- nafas olish tizimi – bronxial astma, bronxit, plevrit, pnevmoniya va loringit kabilarda;
- teri kasalliklari, husnbuzar, teri qurishi va tonusining pasayishida, atopik dermatitlarda.
QARSHI KO`RSATMALAR
Organizmning qori sezuvchanligi
ALOHIDA KO`RSATMA
Dori vositasi emas
QABUL QILISH USULI VA MIQDORI
Kuniga 1 kapsuladan 2 mahal
SAQLASH SHAROITI
Quruq joyda, xona haroratida saqlansin
SOTISH TARTIBI
Reseptsiz
Внимание!
Описание препарата на данной странице является упрощённой. Перед приобретением и применением препарата проконсультируйтесь с лечащим врачом или фармацевтом, а также ознакомьтесь с утверждённой производителем аннотацией.Информация о препарате предоставлена исключительно с ознакомительной целью и не должна быть использована как руководство к самолечению.
ВНИМАНИЕ!
Данный раздел предоставлена исключительно с ознакомительной целью и не является каталогом или прайс листом нашей компании.
Для получения информаций о наличии препаратов позвоните
на номер + 99871 202 0999 Справочная сети аптек 999.